AQShning Cintana Education ta’lim kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

AQShning Cintana Education ta’lim kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

February 27 , 2024

|

1781

XNU va Cintana Education o‘rtasida O‘zbekistonda ta’lim hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

📌 Xalqaro Nordik Universiteti rahbariyati va AQShning Cintana Education ta’lim kompaniyasi vakili, professor Dr. Said Irandoust o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.

📍 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Cintana Education’ning O‘zbekistonda yangi ta’lim dargohini tashkil etish rejalari;

Xalqaro Nordik Universiteti bilan hamkorlik imkoniyatlari;

O‘zbekistonda ilg‘or tajribalar markazini tashkil etish va xorijiy ta’lim texnologiyalarini o‘rganish;

Bilim almashish mexanizmini joriy etish.

📝 Ma’lumot o‘rnida:

📌 Cintana Education – AQShda innovatsiyalar bo‘yicha 1-o‘rinda turuvchi Arizona Shtat Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

📌 Dunyo bo‘ylab 75 dan ortiq universitetlarga transformatsion resurslar va hamkorlik imkoniyatlari bilan yordam beradi.

📌 Dunyodagi eng yirik 9 ta yangi universitetni loyihalashtirgan, 20 ta tibbiyot maktabini tashkil etgan.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrifi chog‘ida Cintana Education rahbari bilan ushbu loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi.

🔗 Batafsil

🔗 Cintana Education haqida: www.cintana.com