Mazkur darslikda milliy identivlikning nazariy asoslari hamda uning ommaviy axborot vositalarida namoyon bo‘lishi chuqur tahlil qilinadi.
Kitob jurnalistika yo‘nalishi talabalari, tadqiqotchilar va media sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan muhim qo‘llanmadir. Ushbu asar milliy identivlikni anglash va uni media makonida ifodalash masalalariga yangi ilmiy qarashlar olib kiradi.
Muallif — Yulduz Artikova.
“Xalqaro iqtisodiyot” — global iqtisodiy jarayonlarni tushunishga yo‘l ochuvchi qo‘llanma.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zamonaviy dunyo iqtisodiyotining nazariy asoslari va amaliy jarayonlari tizimli yoritilgan. Unda xalqaro savdo nazariyalari, investitsiyalar, global iqtisodiy integratsiya, tashqi savdo siyosati hamda xalqaro moliyaviy munosabatlar kabi muhim masalalar batafsil tahlil qilingan.
Kitob iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim akademik manba bo‘lib, global iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunishga yordam beradi.
Muallif — A.Nigmanov.
“Maktabgacha pedagogika” — bolalar rivojining ilmiy asoslariga bag‘ishlangan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik, biologik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari hamda ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik asoslari yoritilgan.
Kitob maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari, pedagoglar va ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun nazariy bilim va amaliy tajribani uyg‘unlashtiruvchi muhim manba hisoblanadi.
Muallif — M.Egamberdiyeva






