Nordikda o‘quv jarayonini boyituvchi yangi kitoblar nashr etildi

Nordikda o‘quv jarayonini boyituvchi yangi kitoblar nashr etildi

March 17 , 2025

|

1695

"Korxonalarning investitsiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish" monografiyasida oziq-ovqat sanoati korxonalarida resurslar samaradorligining o‘rni va ahamiyati, ishlab chiqarish jarayonida raqamli axborot tizimlari metodlari, loyihalash vositalari yoritilgan.

Kitobda qayd etilgan masalalar, ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalardan talabalar va amaliyotchi-mutaxassislar keng foydalanishlari mumkin (muallif - Baxtigul Tolipova). 


🚀 "Biznes asoslari" - professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanib, iqtisodiyot va biznes sohasida nazariy va amaliy bilim berish, biznes g‘oyalarini rag‘batlantirish va amaliyotga tatbiq etishda muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi (mualliflar - G.Husanova, X.Tolibjonov). 


"Maktabgacha taʼlim asoslari" - Maktabgacha taʼlim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, bog‘chada taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, tarbiyachilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda muhim manbadir.(muallif - Dilafruz Mahmudova). 


🎼 "Orkestr sinfi" - Musiqa taʼlimi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma. Unda orkestr sanʼatining nozik jihatlari, dirijyorlik mahorati xususiyatlari ochib berilgan. Bu qo‘llanma yuksak isteʼdod sohiblarini tayyorlashga xizmat qiladi (muallif - I. Ro‘zimurodov).


photo-2025-03-14-09-29-57-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-14-09-29-57-3
Ko‘rib chiqish
Artboard-3-65
Ko‘rib chiqish