"O‘zbekiston - Estoniya xalqaro biznes forumi" start oldi!

"O‘zbekiston - Estoniya xalqaro biznes forumi" start oldi!

March 14 , 2024

|

1505

O‘zbekiston - Estoniya xalqaro biznes forumi XNUda boshlandi, B2B muzokaralar va hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

🎙 Sherzod Mustafakulov

🎓 Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Assalomu alaykum, bugungi biznes forum ishtirokchilari!

📌 "O‘zbekiston - Estoniya xalqaro biznes forumi" yangi global sharoitda har ikki mamlakat biznes rahbarlarini kelajak maqsadlari yo‘lida birlashtirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

💼 Forum doirasida:

Yetakchi eston kompaniyalari bilan mahalliy biznes vakillari o‘rtasida B2B muzokaralar tashkil etiladi.

O‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanadi.

Istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratiladi.

🌍 Hamkorlik doirasida muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:

🔹 Xorijiy tajribalar va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan qo‘shma savdo ob’yektlarini yaratish.

🔹 Iqtisodiy sohalarda yuqori malakali kadrlar almashinuvi.

🔹 Biznes kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash.

🤝 Fursatdan foydalanib, forum ishida barcha tadbirkorlarga muvaffaqiyat tilayman!

🌐 Xalqaro Nordik universiteti har ikki davlat ishbilarmon doiralari uchun yangi global platforma vazifasini o‘tashga tayyor!