Ustoz va talabalar qalbi hamda mahorati birlashdi!

Ustoz va talabalar qalbi hamda mahorati birlashdi!

December 05 , 2025

|

886

BT-23 guruhi talabalarining Robototexnika fani darslaridagi amaliy natijasi — zaif ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan aqlli hassa (yordamchi tayoq) loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Talabalar qurilmaning elektronikasini yig‘ish, Arduino kodlarini yozish va 3D modellarini ishlab chiqish kabi barcha bosqichlarni mustaqil bajardilar.


Loyihaning taqdimoti Toshkent shahar ijtimoiy o‘zaro yordam “Mehribonlik” nogironlar jamiyati Chilonzor tuman bo‘linmasida o‘tkazildi — hamjamiyat vakillari qurilmaning imkoniyatlari va foydalanish tartibini o‘rganib, talabalarga iliq so‘zlar bilan minnatdorchilik izhor etdilar.


Bu loyiha texnologiya bilan insonparvarlikning ajoyib uyg‘unligi bo‘ldi. Talabalar kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birga insonlar hayotini osonlashtirishga qaratilgan haqiqiy ijtimoiy vosita yarata oldilar.

photo-2025-12-05-11-09-28-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-05-11-09-28
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-05-11-09-29
Ko‘rib chiqish