Ustoz-jurnalist Karim Bahriyev bilan ochiq muloqot

Ustoz-jurnalist Karim Bahriyev bilan ochiq muloqot

November 04 , 2025

|

1256

Xalqaro Nordik universiteti Jurnalistika mutaxassisligi talabalariga soha fidoyisi Karim Bahriyev mahorat saboqlari berdi.

Uchrashuv davomida talabalarga jurnalist va media huquqi, ommaviy axborot vositalari faoliyati va axborot siyosati, so‘z erkinligi, mas’uliyat va etik me’yorlar bo‘yicha chuqur tahliliy fikrlar, hayotiy misollar hamda kasbiy tajribalar ulashildi.


Uchrashuvda qonunchilikka tayangan holda teran tafakkur bilan ijod qilish va jurnalistning shaxsiy mas’uliyati bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi. 


“Jurnalist — jamiyat oynasi. Ammo bu oyna toza, vijdonli va xolis bo‘lishi kerak!” — deya ustoz talabalarga zarur kasbiy mezonlar berdi.


Talabalar uchun bu uchrashuv nazariya va amaliyot uyg‘unlashgan maktab bo‘ldi. 


photo-2025-11-04-08-11-38-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-04-08-11-38-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-04-08-11-39
Ko‘rib chiqish