Nordik universiteti va O'zDJTU Akademik litseyi o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi

Nordik universiteti va O'zDJTU Akademik litseyi o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi

January 29 , 2025

|

2290

Nordik universiteti tomonidan tashkil etilayotgan Amerika-O‘zbekiston Preparatory kursida O'zDJTU Akademik litseyi o‘quvchilarining onlayn taʼlim olishlariga imkoniyat yaratiladi...

Universiteti rektori Sherzod Mustafakulov va Akademik litsey ijrochi direktori Maqsudaxon Obidova o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda shu yo‘nalishda hamkorlikka kelishildi. 


Shuningdek, qo‘shma Foundation kursi tashkil etish, litsey o‘quvchilarining TasIMO olimpiadasida ishtirokini kengaytirish, akademik litsey pedagoglari uchun Finlandiyaga xorijiy stajirovka tashkil qilish kabi qator istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.