Xalqaro Nordik universiteti va Italiyaning Trento universiteti rahbariyati o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Kelgusida har ikki universitet o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish rejalashtirilgan.
📌 Ma'lumot uchun:
"QS World University Ranking 2023" reytingida dunyodagi 1400+ universitetlar orasida Trento universiteti 457-o‘rinda qayd etilgan. Ushbu oliygoh didaktika, tadqiqot va xalqaro hamkorlik borasida yuqori natijalarga ega.




