Xalqaro Nordik universiteti prorektori Odil Qo‘ysinov boshchiligidagi delegatsiya Finlandiyaning Helsinki shahriga yetib bordi.
🔹 Malaka oshirish dasturi doirasida O‘zbekistonning pedagogik oliy ta’lim muassasalari vakillari 7-mayga qadar Finlandiya ta’lim tizimi va o‘quv maqsadlari bilan yaqindan tanishadilar.
🔹 Delegatsiya tarkibida quyidagi oliygoh vakillari ishtirok etmoqda:
✔️ O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
✔️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti
✔️ Jizzax davlat pedagogika universiteti
✔️ Andijon davlat pedagogika instituti
✔️ Namangan davlat pedagogika instituti
✔️ Qo‘qon davlat pedagogika instituti
✔️ Buxoro davlat pedagogika instituti
✔️ Navoiy davlat pedagogika instituti
✔️ Nukus davlat pedagogika instituti
✔️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti
📢 Dastur davomida Finlandiya ta’lim tizimi, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion o‘qitish metodikalarini o‘rganish rejalashtirilgan!




