Muslima Abdumannobova — Psixologiya yo‘nalishi talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasiga aylandi!
Muslima nafaqat darslarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda, balki ARMdagi masʼuliyatli faoliyati, talabalar bilan ishlashdagi jonbozligi, TasIMO olimpiadasi va konferensiyalardagi volontyorligi bilan ham barchaga o‘rnak.
U shaxsiy rivojlanish va muloqotga chanqoq, kelajakda Janubiy Koreyada tahsil olishni maqsad qilgan faol va irodali Nordik yoshlaridan.
Charos Ostonova — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi, Prezident davlat stipendiyasi sohibasi bo'ldi!
Charos chuqur bilim, mustahkam amaliy ko‘nikmalar va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan, masʼuliyatli va tashabbuskor talabamiz. Ilmiy-amaliy konferensiyalar, treninglar va taʼlim tadbirlaridagi faolligi uni fakultetimizning eng namunali va yetakchi talabalaridan biriga aylantirgan.
Bu yutuqlar — mehnat, intizom va maqsadlar sari ishonch bilan tashlangan qadamlar samarasidir. Albatta, bu muvaffaqiyatlarda ilmiy rahbarlar — Elshod Umarov va Nigoraxon Lutfullayevaning sidqidildan mehnati va saboqlari ham muhim o‘rin tutadi.
Qahramon talabalarimizni tabriklaymiz!
(https://nordicuniversity.org/)





