Yangiliklar
Toshkentdagi "Lider" xususiy maktabi tomonidan Xalqaro Nordik universiteti bazasida AMO-2022 xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi

October 22 , 2022
152
2022-yil 23-oktyabr kuni universitetimizda o‘tkaziladigan olimpiadada respublikamizdagi maktab va litseylarning 2-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadilar.
🖇 Ushbu olimpiada Singapurlik hamkor SIMCC va AQSHning Janubiy Illinoys universiteti (SIU) bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
🔥 Ayni paytda SIMCC va SIU ikki turdagi stipendiyalarni taklif qiladi:
✔️eng kuchlilar uchun 2 yillik stipendiya (SIMOC/IJMO va AMOda eng yuqori ball olgan IJHS a’zolari);
✔️ta’lim xarajatlarini qisman qoplash uchun stipendiyalar (olimpiada natijalari asosida; 14000 dollar chegirmali). SIMCC orqali hujjatlarni topshirishda 40 AQSH dollari miqdorida ariza to‘lovi olinadi.
Olimpiadada:
☑️ 15 ta test topshiriqlari (har bir to‘g‘ri javob uchun 3 ball),
☑️ ochiq javobli 5 ta topshiriq, to‘g‘ri javob uchun 5 ball.
▪️Rus yoki ingliz tilini tanlash mumkin.
➖09.00-10.45. - 2 va 4-sinflar;
➖11.15-13.00. — 3, 6 va 9-sinflar;
➖13.45-15.15. — 5, 7, 8, 10 va 11-sinflar.
📌 Olimpiada natijalari ➡️ https://t.me/uzbcdc kanalida e’lon qilinadi.
So'nggi yangiliklar

Nordikda dasturchilar bahsi!
🏆 G‘oliblarimiz bilan tanishing:
🥇 1-o‘rin:
Lochinbek Abdullayev – 1-KI-24-guruhi talabasi
Imomjon Nazarov – 1-KI-24-guruhi talabasi.
🥈 2-o‘rin:
Dilmurod Almurotov – 1-KI-23-guruhi talabasi.
🥉 3-o‘rin:
Shahzod Mirzarahmatov – 1MDS-24-guruhi (magistratura) talabasi.
IQ, ijod va innovatsiya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar taqdirlandilar.

Shvetsiya delegatsiyasi Nordik universitetida: ta’lim va sanoat integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv
Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Nordik universitetida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari hamrohligidagi delegatsiya va Nordik universiteti rahbariyati o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi.
Delegatsiya tarkibida "EOL Vent Mining", "Sandvik", "Epiros", "Scania", "Skf", "Ericsson", "Atlas Copco" kabi Shvetsiyaning yirik, ilg‘or sanoat kompaniyalari rahbarlari va menejerlari ishtirok etdilar. Mazkur kompaniyalar konchilik, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va energetika sohalarida innovatsion yechimlari bilan tanilgan.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, innovatsion, taʼlim va sanoat hamkorligi asoslarini shakllantirishga ahamiyat qaratildi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitet infratuzilmasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro loyihalari bilan tanishtirildilar. Uchrashuvda ta’lim va sanoat integratsiyasi, talabalar amaliyoti, qo‘shma ilmiy loyihalar, hamkorlikda inkubatsiya markazlari yaratish, soha mutaxassislarini tayyorlash kabi dolzarb masalalarda fikr almashildi va kelishuvlar amalga oshirildi.
Nordik universitetining xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasidagi strategiyasi Shvetsiya kabi ilg‘or davlatlar bilan hamkorlikda zamonaviy, raqobatbardosh va amaliy bilimlarga asoslangan ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!
Uchrashuvda u siyosiy sharh tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari, ko‘plab ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati, yangi nashr - "Sharhlovchining mashaqqatli yo‘li" kitobi haqida so‘z yuritdi.
Sharhlovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerak? Bu borada ustoz-sharhlovchi talabalarga zarur tavsiyalar berdi:
🟢Tarixiy, siyosiy, geografik bilimlar;
🟢diplomatiya asoslarini o‘rganish;
🟢xalqaro materiallar tayyorlashda tashqi siyosatni chuqur bilish;
🟢xalqlarga xos urf-odatlarni bilish;
🟢savol berish madaniyati va tahliliy yondashuvga ega bo‘lish.
Uchrashuvda har bir jurnalist har doim izlanishda bo‘lishi va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmasligi kerakligi taʼkidlandi.

Graduated: endi ular magistr!
Shu kunda universitet ilk bor o‘zining qaldirg‘och magistr-bitiruvchilarini katta hayot sari tantanali kuzatdi.
Bitiruv oqshomida bitiruvchilar va ularning oila aʼzolari, yaqinlari hamda ustozlar faxr va quvonch bilan ishtirok etdilar.
Anjuman O‘zbekiston davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Osmonga uchirilgan oq kabutarlar tinchlik, poklik va kelajakka bo‘lgan umid ramzi sifatida yig‘ilganlar qalbiga iliqlik olib kirdi.
Yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga tayyor, zamonaviy tafakkurga ega magistrlar oldida universitet rektori, professor Sherzod Mustafakulov ezgu tilaklar bilan chiqish qilib, ularga kelgusidagi ilmiy, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tantanali marosimga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar ilm-fan, taʼlim sohasining yetuk vakillari - bugungi bitiruvchilarning ertangi yetakchilar, tadqiqotchilar va jamiyat bunyodkori bo‘lishlariga chuqur ishonch bildirdilar.
Shundan so‘ng yuzlarida iftixor, ko‘zlarida quvonch aks etgan bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali topshirildi. Faol bitiruvchi-talabalar universitet jamoasi va ustozlarga dil so‘zlarini izhor etdilar.
Bitiruv kechasida taqdim etilgan videoroliklar orqali Nordik hayoti - o‘qish davomida kechgan yorqin onlar qayta yodga olindi. "Nordik taronasi" ansamblining mahoratli ustoz sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Universitet Madhiyasi talabalar jo‘rligida ijro etilar ekan, har bir ishtirokchi bu jamoaning bir bo‘lagi ekanidan faxr hissini tuydi. Magistrlar va Nordik uchun bu tarixiy quvonchli lahzalar esdalik suratlariga muhrlandi.
"Bitiruvchi-2025" nafaqat magistrlar bayrami, balki Nordik universitetining kamol sari dadil odimlayotgan yo‘lida yangi sahifa bo‘ldi. Diplom topshirish marosimi ilm, mehnat va orzular uyg‘unlashgan bayram sifatida tantanali nishonlandi.