Sohibqiron ruhi — yoshlar tafakkurida!

Sohibqiron ruhi — yoshlar tafakkurida!

April 09 , 2026

|

1700

Nordik universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini tafakkur va yetakchilik sinovi bo‘ldi.

Iqtisodiyot va biznesni boshqarish hamda Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedralari hamkorligidagi tadbir davomida talaba-yoshlar Sohibqironning bebaho merosi — Temur tuzuklari asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jamoalar Temuriylar davlatchiligi falsafasini anglash sari intilishlarini har jihatdan namoyish etishdi. 


Bellashuv 2 bosqichda kechdi: 


🔹 1-bosqich — tarixiy bilim va mantiq sinovi

🔹 2-bosqich — ijodkorlik maydoni: tuzuklarni rasmlar orqali jonlantirish. 


5 ta jamoa o‘rtasida intellektual madaniyat doirasida bahslar qizg‘in kechdi. 


Ishtirokchilar bilim, topqirlik, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko‘rsatdilar.


Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi, eng kuchli jamoalar esa munosib taqdirlandilar.


1-o‘rin — World economics 

2-o‘rin — 1-EK-24

3-o‘rin — Space

4-o‘rin — 5-JI 

5-o‘rin — Liderlar. 


Sohibqiron merosini o‘rganish yoshlar tafakkuriga kuch va yetakchilik bag‘ishladi.

photo-2026-04-09-17-52-00-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-02
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-01-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-01-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-01-4
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-01
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-02-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-02-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-09-17-52-02-4
Ko‘rib chiqish