Xalqaro Nordik universitetida ilmiy izlanish olib borayotgan doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
Monitoring doirasida tadqiqotchilarning o‘z ish rejalari asosida yil davomida amalga oshirgan ishlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, ish reja va metodologik dasturlari, kurslardagi ishtiroki va sifat sertifikatlari, dissertatsiya ishlarining bajarilishi, OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallar hamda Scopus tizimining davriy nashrlarida chop etilgan maqolalari kabi tegishli mezonlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi va baholandi.
Tajribali olimlar va mutaxassislardan iborat monitoring komissiyasi a'zolari tomonidan tadqiqotchilarga dissertatsiya ishini sifatli bajarish, shaxsiy ish rejalarini samarali amalga oshirish yuzasidan yo‘nalish va maslahatlar berildi.




