Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi

Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi

July 01 , 2026

|

1392

Nordik universitetida navbatdagi kengash yig‘ilishi o‘tkazilib, taʼlim sifati, ilm-fan, boshqaruv va xalqaro talablarga muvofiq rivojlanishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda dastlab universitetni kompleks davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazishga tayyorgarlik masalasiga eʼtibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, taʼlim sifati, ichki nazorat tizimi, hujjatlar yuritilishi hamda xalqaro talablar asosida faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kengash davomida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladigan grantlar taqsimoti va reglamenti muhokama qilinib, shaffoflik, adolat va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan tartib tasdiqlandi.

Shuningdek, universitet laboratoriyalarining bugungi holati, ularning ilmiy va amaliy salohiyati, talabalar qiziqishini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash masalalari yuzasidan hisobotlar tinglandi. Laboratoriyalar faoliyatini ishlab chiqarish, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar bilan yanada integratsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida "E Voh" olimpiadasini samarali tashkil etish masalasi ham ko‘rildi.

Kengashda "Bitiruvchi – 2026" tadbirlarini namunali darajada tashkil etish, bitiruv hujjatlarini sifatli rasmiylashtirish, diplomlarni tantanali topshirish marosimini mazmunan boy va yuksak saviyada o‘tkazish yuzasidan ham tegishli topshiriqlar berildi.

Kun tartibidagi masalalar doirasida universitet ilmiy faoliyatining olti oylik natijalari tahlil qilinib, ilmiy maqolalar sifati, xalqaro nashrlardagi faollik, innovatsion loyihalar, grantlar hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar muhokama etildi. Shuningdek, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati monitoringi natijalari ko‘rib chiqilib, ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ilgari surildi.

Turli masalalar doirasida professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish natijalari, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, dotsent ilmiy unvoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirish hamda yangi mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

photo-2026-07-01-15-08-29
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-30
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-31
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-32
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-33
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-35
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-28
Ko‘rib chiqish