📚 Qozog‘istonlik pedagoglar uchun "Ta'lim jarayoni sifatini oshirishning samarali vositalari: maktablarda raqamli infratuzilma va xalqaro PISA tadqiqoti doirasida o‘quvchilarning funksional savodxonligi va o‘qitish usullarini rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro o‘quv kursining navbatdagi bosqichi boshlandi.
🎙 "DiDacTEC" ta'lim markazi direktori, ta'lim eksperti Petri Lunascorpi kurs tinglovchilariga "Finlyandiya maktab tizimi" mavzusida ma'ruza qilmoqda.
📌 O‘quv kursining asosiy yo‘nalishlari:
🔹 Maktablarda raqamli infratuzilmani rivojlantirish
🔹 Xalqaro PISA tadqiqoti bo‘yicha metodologiyalar
🔹 O‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirish
🔹 Finlyandiya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish
📢 Tinglovchilar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. O‘quv kursi pedagoglarning zamonaviy ta’lim standartlariga moslashishiga yordam beradi.




