"Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati" — sessiyaning bosh mavzusi bo‘lib, parlamentlararo hamkorlik va adolatli jamiyat qurilishi yo‘lida muhim fikr almashuvlarga sabab bo‘ldi. Sessiya yakunida esa "Toshkent deklaratsiyasi" qabul qilindi!
Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Oybek Qulmamatov sessiyada Zambiya delegatsiyasiga tarjimon sifatida biriktirilib, xalqaro darajadagi muloqotda faol ishtirok etdi.
9-aprel kuni Zambiya delegatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xushvaqt Haitov bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazib, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Parlamentlararo ittifoqning assambleyasi O‘zbekistonning dunyo parlamentarizmidagi yetakchiligini namoyon etdi. Ustozlarimiz tomonidan talabalarga bu muhim tarixiy jarayonlar mohiyati yetkazilmoqda.







