Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston global iqtisodiyot xaritasida

Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston global iqtisodiyot xaritasida

June 06 , 2026

|

1134

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining bugungi sonida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Hasan Sobirovning dolzarb maqolasi chop etildi.

Mazkur maqolada O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi yangi o‘rni, investitsiyaviy jozibadorligi va iqtisodiy islohotlar natijalari ilmiy-tahliliy yoritilgan.


Toshkent xalqaro investitsiya forumi oldidan ushbu nufuzli anjumanning mohiyati ochib berilgan. Forum Markaziy Osiyoning eng yirik investitsion maydonlaridan biriga aylanib, global investorlar, xalqaro moliya institutlari va biznes vakillarini bir nuqtada jamlayotgani qayd etilgan.


Forumning 2026-yildagi mavzusi — “Investitsiya barqarorligi: yangi ufqlar, yangi sherikliklar” bo‘lib, bugungi global iqtisodiy noaniqliklar sharoitida kapitalni himoya qilish va yangi hamkorlik mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan.


Maqolada forum mamlakatning global iqtisodiy tizimdagi o‘rnini mustahkamlovchi strategik platforma sifatida talqin qilingan.


Muallif bunga bir nechta omillarni sabab sifatida ko‘rsatgan. Maqolaning batafsil mazmuni bilan "Yangi O‘zbekiston" gazetasining 6-iyun kungi sonida tanishishingiz mumkin.