Ta’limda fin modeli: Samarqand pedagoglari Jyväskylä tajribasini o‘rganmoqda

Ta’limda fin modeli: Samarqand pedagoglari Jyväskylä tajribasini o‘rganmoqda

December 18 , 2025

|

944

Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi Nordic training malaka oshirish markazi va Samarqand viloyati hokimiyati hamkorligida viloyatning barcha tumanlaridan 26 nafar yetakchi pedagog Finlandiyaning Jyväskylä shahrida amaliy-o‘quv tashrifi bilan bo‘lib turibdilar.

Fin ta’lim modelida o‘qituvchilar tayyorlashda metodik erkinlik va mas’uliyat muvozanati, maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori ta’lim bosqichlarida uzviylik, o‘quvchi markazli yondashuv, baholashning rivojlantiruvchi formatlari ustuvordir. 


Malaka oshirish jarayonida taʼlimning shunday muhim jihatlari o‘rganilyapti, o‘zaro tajriba almashinuvi, dars kuzatuvlari va professional muloqotlar qizg‘in kechmoqda.


Ishtirokchilar o‘rganilayotgan tajribalar bevosita tatbiq etish uchun mos va samarali ekanini eʼtirof etishmoqda. 


O‘quv dasturi asosida kelgusida Samarqand hududiy ta’lim tizimida barqaror va tizimli yangilanish uchun mustahkam zamin yaratilyapti. 

photo-2025-12-18-14-18-35-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-18-14-18-35-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-18-14-18-36-2
Ko‘rib chiqish