Talabalarimiz ijrolari olqishlanmoqda

Talabalarimiz ijrolari olqishlanmoqda

February 21 , 2024

|

1594

XNU musiqali ta’lim talabalari turli anjumanlar va teleko‘rsatuvlarda ijrolari bilan e’tirof etilmoqda.

🎶 Musiqa ta’limi yo‘nalishining iqtidorli talabalari televideniye va turli anjumanlarda musiqiy chiqishlari bilan faollik ko‘rsatmoqdalar.

📺 Sh.Mardonov, A.Ibrohimov, L.Chorev va Sh.Mahmudov

📌 “Mahalla” telekanalining “Repertuar” ko‘rsatuvida taniqli estrada xonandalari bilan jo‘rnavozlikda musiqiy asarlar ijro etdilar.

📌 Talabalar hamkor universitetlarda o‘tkazilayotgan anjumanlarda ham faol ishtirok etmoqdalar.

🎤 Toshkent davlat transport universitetida bo‘lib o‘tgan

“Boburxonlik va Navoiyxonlik” anjumanida

🎵 M.Suyunboyeva o‘zbek va tojik xalq kuylaridan popuri ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

🌟 Tadbirda u O‘zbekiston xalq hofizi Xasan Rajabiy e’tirofiga ham sazovor bo‘ldi.