Taina Liekari: 16 davlatni bosib o‘tgan piyoda sayyoh Buxoroda o‘zbek mehmondo‘stligini his qildi

Taina Liekari: 16 davlatni bosib o‘tgan piyoda sayyoh Buxoroda o‘zbek mehmondo‘stligini his qildi

November 17 , 2025

|

1313

Xalqaro Nordik universiteti ko'magida O'zbekiston bo‘ylab piyoda sayohat qilayotgan finlandiyalik sayyoh Taina Liekari kuni kecha Buxoro viloyatiga yetib bordi. U o‘zining global piyoda sayohatini 2024-yil 15-avgust kuni Ispaniya davlatidan boshlab, shu kunga qadar 16 ta davlat hududidan 40 ming kilometrdan ortiq masofani piyoda bosib o‘tgan.

Taina Liekarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston bo‘ylab piyoda sayohati davomida u mamlakatning boy tarixi, betakror shaharlarining jozibasi va ayniqsa, buxoroliklarning samimiy mehmondo‘stligidan chuqur taassurot olgan.


“O‘zbekiston bo‘ylab piyoda sayohat qilarkanman, Buxoroning o'ziga xos madaniyati, boy tarixi va xalqining mehmondo‘stligi tahsinga sazovor” — deydi sayyoh.

photo-2025-11-16-15-45-56
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-16-15-47-56
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-16-15-45-57
Ko‘rib chiqish