Yangiliklar
IELTS tayyorlov kursida o‘qing va orzuingizdagi joylarga boring!

November 11 , 2022
167
IELTS nima uchun kerak?
Ingliz tili asosiy til bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda universitetlarda o‘qish va ishlash uchun ushbu til bo‘yicha malaka guvohnomasi albatta kerak bo‘ladi.
Kursimizda o‘qish:
✔️universitet talabalari uchun - 400 ming so‘m (guruh); 900 ming so‘m (individual).
✔️boshqa xohlovchi tinglovchilar uchun - 600 ming so‘m (guruh); 1 mln 200 ming so‘m (individual).
👨💻 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/UNzjimtyoDFnXkRb7
So'nggi yangiliklar

AQShda o‘qish: Nordikning kuchli uchligidan master-klass
Ular top darajada o‘qib, o‘z sohalarida nafaqat xalqaro sertifikatga, balki akademik yutuqlari, intellektual qiziquvchanliklari va bilimini oshirishga kuchli intilishlari bilan professorlar e’tirofiga ham sazovor bo‘lishdi.
Endilikda ular AQShda olgan bilim va tajribalarini Nordik talabalari bilan bo‘lishmoqdalar. Lawrencedagi kampus hayoti, taʼlim olish va amerikacha yashash tarzi borasida tajriba va xulosalarini yetkazmoqdalar.

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari
Uchrashuv davomida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, maktab o‘quvchilari uchun bakalavriat bosqichida xalqaro taʼlim dasturlariga yo‘l ochish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yuqori sifatli taʼlimni taʼminlash va taʼlim innovatsiyalarini keng qo‘llash, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va akademik salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi
Tasdiqlangan adabiyotlar:
📘 "Mikroekonomika" darsligi (Sh.Mustafakulov, X.Sabirov, R.Mardanova)
📔 "Amaliy matematika" o‘quv qo‘llanmasi (A.Boltayev, X.Xudoyberdiyev, B.Atamuradova)
📗 "Макроэкономический анализ" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, E.Umarov)
📕 "Makroiqtisodiy tahlil" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, K.Ibragimova, Sh.Rajabov)
📙 "Makroiqtisodiy siyosat" darsligi (R.Mardanova, I.Qodirov, Z.Uralbayev)
🎼 "Orkestr sinfi" o‘quv qo‘llanmasi (I.Ro‘zimurodov)
📓 "English for management" darsligi (D.Nasriddinov)
📙 "Maktabgacha taʼlim asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (D. Maxmudova).
Ilmiy salohiyat, amaliy tajriba va metodik yangiliklar uyg‘unligida yaratilayotgan har bir nashr talabalar uchun sifatli taʼlimga yo‘naltirilmoqda.

MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda
Unda o‘nlab nufuzli oliygohlar qatorida XNUning Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolibov ham ishtirok etyapti. U "O‘zbekistonda oila, huquq va jamiyat, korrupsiya va huquqiy madaniyat" mavzusida maʼruza qildi.
Konferensiyada qizg‘in munozaralar asosida korrupsiyaga qarshi yechimlar borasida xalqaro tajribalar almashilmoqda.