"Xalq so‘zi" gazetasida yoritilgan “Talabalik — yangi imkoniyatlar davri” nomli maqolada aynan shu jihat chuqur tahlil etilgan holda, zamonaviy talabaning o‘rni va imkoniyatlari ochib berilgan.
Xalqaro Nordik universiteti Maxsus pedagogika (Logopediya) yo‘nalishi talabasi Gulsora Abduqunduzova muallifligidagi maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochayotgani ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, talabalar uchun xalqaro standartlarga mos bilim olish, xorijiy tillarni egallash, ilmiy loyihalarda ishtirok etish hamda grant va stipendiyalar orqali o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari kengaygani qayd etilgan.
Yana bir muhim jihati shundaki, maqolada statistik ma’lumotlar bilan birga talabalarning ijtimoiy faolligi, madaniy va ilmiy muhitdagi ishtiroki ham inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omili sifafida ko‘rsatilgan.
Ayniqsa, IELTS natijalari, xalqaro tanlovlarda erishilgan yutuqlar va talabalar sonining ortib borayotgani ta’lim sifatidagi ijobiy siljishlar dalilidir.
Maqolada inkluziv ta’lim masalalariga alohida urg‘u berilgani ham dolzarbdir. Bu esa zamonaviy ta’lim tizimi insonparvarlik va teng imkoniyatlar tamoyiliga asoslanayotganini ko‘rsatadi.
Inklyuziv muhit orqali barcha yoshlarning ta’lim olish huquqi ta’minlanayotgani barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keluvchi muhim qadriyatdir.
Mazkur maqolada talabalik davrini bilim olish bosqichi bo‘lish bilan birga, shaxsiy va kasbiy shakllanishning eng muhim pallasiga aylantirayotgan omillar ham tahliliy va ilmiy asosda ochib berilgan.
Batafsil maqola bilan "Xalq so‘zi" gazetasining 5-may kungi sonida tanishishingiz mumkin.




