Kelajakni qurish tafakkurdan boshlanadi

Kelajakni qurish tafakkurdan boshlanadi

March 02 , 2026

|

724

O‘zbekistonda ijtimoiy adolatni mustahkamlash, munosib mehnat tamoyillarini qaror toptirish, Konstitutsiya darajasida oila va bolalar, yoshlar himoyasini kafolatlash, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar jadal davom etmoqda. Bu tarixiy jarayonlar markazida g‘oya, fikr va mas’uliyat turibdi.

Shunday o‘zgarishlar jarayonida Xalqaro Nordik universitetida siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan uchrashuv o‘tkazildi. 


Uchrashuv jamiyat va davlat, erkinlik va javobgarlik, islohot va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida chuqur muloqot ruhida o‘tdi. 


Muallifning kitobi — “Erkin millat poydevori” shaxsiy fikrlar, kuzatuvlarga asoslangan siyosiy-falsafiy, tahliliy asar. Muallif davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat mexanizmlari, siyosiy madaniyat va boshqaruv etikasini teran yoritgan. 


Asarda erkinlik va javobgarlik, yaqin o‘tmish saboqlari va bugungi modernizatsiya jarayonlari keng qamrovda tahlil qilingan. Millat tushunchasi etnik yoki hududiy birlik sifatida emas, balki umumiy qadriyatlar, umumiy mas’uliyat va umumiy kelajak loyihasi sifatida talqin etilgan. 


Muallifning asosiy g‘oyasi sodda va yuksak ma’noga ega — erkinlik ongli tanlov va ma’naviy tayyorgarlik mahsulidir.


Professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, talaba-yoshlar, rahbar xodimlar va OAV vakillari ishtirokida o'tgan tadbirda “Erkin millat poydevori” kitobi taqdimoti o'tkazildi.


Asar xususida keng muhokamalar, savol-javoblar, bahslar o‘tkazildi, xulosalar ilgari surildi. 


Taqdimot davomida davlat islohotlarining barqarorligi, so‘z erkinligi chegaralari, inson qadri, siyosiy, iqtisodiy jarayonlar haqida savollar berildi.


Muhokamalar qizg‘in ruhda o‘tdi. Professor-o‘qituvchilar kitobning mazmun-mohiyatini yuqori baholadilar, shuningdek kelgusida yanada ilmiy-nazariy asosli asarlar kutishlarini maʼlum qildilar. Muallifga ko‘plab fikrlar, taklif-mulohazalar bildirildi. 


Mazkur taqdimotda erkin fikr, siyosiy madaniyat va ijtimoiy mas’uliyat haqida ochiq muloqot olib borildi. Kitob mohiyati yoshlar uchun o‘ziga xos intellektual chaqiriq ham bo‘ldi.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Sohibqiron merosi — yoshlar tafakkurida

Sohibqiron merosi — yoshlar tafakkurida

Davra suhbatida temurshunos olim, tarix fanlari nomzodi, professor Akbar Zamonov talabalarga Sohibqiron shaxsiyati, uning davlat boshqaruvidagi noyob tajribasi va tarixiy merosining bugungi kun uchun ahamiyati jihatlari haqida chuqur va tahliliy fikrlarini yetkazdi. 


Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida tarixiy xotira va milliy iftixor tuyg‘usini mustahkamlash, Amir Temur siymosi orqali strategik tafakkur, yetakchilik va mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirishdir.


Uchrashuv davomida mavzuga oid tahliliy ma’ruza tinglandi. Talabalar bilan savol-javoblar va ochiq muloqot o‘tkazildi. 


Uchrashuvda yoshlarning nafaqat tarixiy bilimlari boyitildi, balki mustaqil fikrlashga ham undaldi.


Davra suhbatida universitetning Tarix va Jurnalistika yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.


Xalqaro muloqot: tahlil va taʼlim integratsiyasi

Xalqaro muloqot: tahlil va taʼlim integratsiyasi

Nufuzli mehmon — Jurnalistika va Taʼlim boshqaruvi bo‘yicha katta tajribaga ega xalqaro ekspert bilan fikrlar almashildi. Xususan, taʼlim tendensiyalari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, akademik rivojlanishning yangi modellarini tahlil qilish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishga qaratilgan mazmunli muloqot o‘tkazildi. 


Uchrashuv davomida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etish, barqaror rivojlanish yechimlarini ishlab chiqish, tahlillarga asoslangan amaliy yo‘riqnomalar — bilimlar almashinuvi, talabalar va tadqiqotchilar uchun yangi akademik platformalar yaratish xususida so‘z bordi. 


Xalqaro darajadagi ilmiy va tahliliy platformalarni kengaytirish borasida kelishuvlarga erishdi.


ETS bilan hamkorlik: xalqaro sertifikatsiya va akademik mobillik sari

ETS bilan hamkorlik: xalqaro sertifikatsiya va akademik mobillik sari

Educational Testing Service (ETS)ning Yevroosiyo va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Anna Gutkowska-Zając boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 


Uchrashuv davomida taʼlim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Jumladan, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ETS tomonidan tasdiqlangan zamonaviy kontentlar asosida qo‘shma treninglar, seminarlar va vebinarlar tashkil etish, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or metodikalar joriy etish masalalari alohida eʼtibor markazida bo‘ldi. 


Shuningdek, TOEFL iBT imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish, talabalar va pedagoglar o‘rtasida test savodxonligini rivojlantirish, xalqaro sertifikatsiyaga tizimli yondashuvni shakllantirish hamda global akademik mobillik uchun mustahkam poydevor yaratish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi. 


Mazkur tashrif davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatda ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va xalqaro integratsiyani kengaytirishga qaratilgan aniq ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. 


Bu hamkorlik Nordik universiteti va ETS o‘rtasidagi hamkorlikni uzoq muddatga mustahkamga xizmat qiladi.

Nuqtai nazar: Mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch

Nuqtai nazar: Mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch

“Xalq so‘zi” gazetasida Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov muallifligida e’lon qilingan maqolada mazkur yig‘ilishda alohida urg‘ulangan muhim nuqtalar tahlil etilgan, samarali tizim uchun qator yondashuv va takliflar ilgari surilgan.


Maqolada qayd etilganidek, uzluksiz vertikal integratsiya — "maktab — federatsiya — universitet" modeli orqali iqtidorli yoshlar uzluksiz rivojlanadi, har bir sportchi uchun individual rivojlanish dasturlari muhim. 


Shuningdek, sport iqtisodiyotini rivojlantirish, klublar va akademiyalar tuzish, raqamli shaffoflik, ilm-fan va sport integratsiyasini kuchaytirish masalalariga eʼtibot qaratilgan. 


Sport milliy taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuniga aylanishi lozim. Mazkur masalalarni chuqurroq anglash uchun maqolada ommaviy sportni rivojlantirish borasida ilg‘or davlatlar tajribalari tahlil etilgan.


Yanada kengroq tahlil va fikrlar bilan "Xalq so‘zi"ning 10-aprel soni sahifalarida tanishish mumkin.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish