Nordikda AQShdan maxsus mehmon!

Nordikda AQShdan maxsus mehmon!

October 17 , 2025

|

1245

Nordik universitetiga AQShning nufuzli oliygohi — Rowan University vitse-prezidenti tashrif buyurdi. Tashrif doirasida talabalar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Rovanning qabul strategiyasi, onlayn ta’lim, brendni rivojlantirish va marketing bo‘limini boshqaruvchi vitse-prezident Darren Wagner talabalarga AQShda o‘qish imkoniyatlari, qabul va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari, onlayn ta’lim va grant dasturlari, talaba almashinuvi imkoniyatlari haqida keng ma’lumot berdi. 


Vitse-prezident bitiruvchilar uchun xalqaro tajriba orttirish, muvaffaqiyat yo‘llari va karyera imkoniyatlari, yetakchi kompaniyalar hamda nufuzli universitetlarda faoliyat yuritish borasida muhim tavsiyalarini yetkazdi. 


Uchrashuv davomida u marketing va biznes boshqaruvi bo‘yicha ko‘p yillik o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi. Tadbir savol-javoblarga boy, erkin va samimiy ruhda o‘tdi.

photo-2025-10-17-13-56-46-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-17-13-56-46
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-17-13-56-46-3
Ko‘rib chiqish