Germaniyaning IAMO ilmiy-tadqiqot instituti vakillarining tashrifi bo‘lib o‘tdi

Germaniyaning IAMO ilmiy-tadqiqot instituti vakillarining tashrifi bo‘lib o‘tdi

October 20 , 2022

|

1429

Universitetga IAMO Qishloq xo‘jaligi bozorlari kafedrasi dotsentlari doktor Lena Kun va doktor Ihtiyor Bobojonovlar tashrif buyurdilar. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda KlimALEZ dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishildi.

Ma'lumot o‘rnida, KlimALEZ loyihasi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi orqali iqlimga chidamlilikni oshirishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi innovatsion sug‘urta bozorlari orqali Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi sektorini iqlimiy, xususan qurg‘oqchilik xavf-xatarlaridan himoyalashdan iborat. Sug‘urta sinovi doirasida ishlab chiqilgan mahsulot O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi ishlab chiqaruvchilarga sotiladi.