Amerika savdo palatasi vakillari bilan muzokara bo‘lib o‘tdi
Universitetimiz rahbariyati va Amerika savdo palatasi direktorlar kengashining katta maslahatchisi Hugo Minderhoun hamda AmCham O‘zbekiston (American Chamber of Commerce in Uzbekistan) ijrochi direktori Tatyana Bystrushkina o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada rivojlanishning muhim omili sifatida ta'limga oid istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘tarildi.




