Yangiliklar
Tursun Ali kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan adabiy anjuman o‘tkazildi

January 28 , 2025
526
"Tursun Ali ajoyib ziyolilar yurti - Farg‘onaning Quvasida, Quva anorzorlarida tug‘ilgan. Yuragida hamon yoshlik shijoatini saqlagan, sheʼriyatda faol va kitoblari sevib o‘qilayotgan adiblarimizdan biri...
Tursun Ali ustozi Rauf Parfi, betakror isteʼdod sohibasi Halima Xudoyberdiya kabi muhabbatini o‘ziga xos yo‘l bilan yuragidan chiqarib ifodalaydi..."
Adabiyot anjumanida O‘zbekiston Qahramoni, yirik adabiyotshunos olim, tarjimon Ibrohim G‘afurov Tursun Ali haqida ana shunday ko‘plab iliq fikrlar bildirdi. Ustozlar, talaba-yoshlarni adibning hayot va ijod yo‘li bilan tanishtirdi, misralaridan namunalar keltirdi. Shuningdek, tolibi ilm uchun zarur qimmatli manbalar nomini maʼlum qildi.
Adabiyot bayramida Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov, filologiya fanlari doktori Suvon Meli, o‘zbek adabiyoti namoyandasi Ulug‘bek Hamdam va boshqalar Tursun Ali ijodi, 2 jildlik yangi saylanmasiga adabiy chizg‘ilar berdilar.
Anjumanda shoirning o‘zi ham yoshlarni ijodidan bahramand etdi. "Nordik taronasi" ansambli ijodkorlari Tursun Ali sheʼrlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar.
Nordik universiteti rahbariyati tomonidan mehmon adiblarga alohida ehtirom ko‘rsatildi, esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ibrohim G‘afurov adabiy suhbatni tashnalik bilan tinglagan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.
So'nggi yangiliklar

Nordikning yangi adabiyotlari nashrga tasdiqlandi
📘 "Jahon tarixi: Eng qadimgi davr va ilk davlatlar" — mualliflar: Muxriddin Pardayev, Najmiddin Qodirov.
Bu o‘quv qo‘llanma talabalar va tarix ixlosmandlari uchun yangi ilmiy poydevordir.
📗 "Iqtisodiy rivojlanish" darsligi — mualliflar Raʼno Mardonova, Javlonbek O‘razaliyev, Mashhurbek Maqsudov, Madina Shakirova.
Darslik global iqtisodiyot, barqaror o‘sish, zamonaviy islohotlardan xabardorlik darajasini oshiradi, tahliliy fikrlashni oshiruvchi zamonaviy qo‘llanmadir.
💻 "Digital Technologies" o‘quv qo‘llanmasi — muallif Muzaffarjon Abdulaxatov.
Bu adabiyot raqamli dunyo, sun’iy intellekt, zamonaviy IT yechimlar — kelajak kasblariga tayyorlaydigan amaliy va innovatsion qo‘llanmadir.
📖 Nordik nashrlari bilan ilm doirangizni kengaytirib boring!

Komil inson sari: bo‘lajak pedagoglar uchun motivatsion uchrashuv
“Komil inson, mahoratli mutaxassis va shaxs” mavzusida o‘tgan mazkur dars ilmiy-motivatsion maydonga aylandi.
Trenerlar — Nordik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Odil Qo‘ysinov hamda Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi professori Sherali Abduraimov ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim falsafasi mazmun-mohiyatini tahliliy yondashuvlar bilan ochib berdilar.
Ochiq muloqot formatida o‘tgan dars davomida ta’lim islohotlarining amaliy natijalari, Finlandiya tajribasi va xalqaro standartlarga asoslangan yondashuvlar, real keyslar asosidagi yechimlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Xalqaro Nordik universitetining zamonaviy ta’lim xizmatlari, kadrlar tayyorlash va malaka oshirishdagi innovatsion yondashuvlari, qo‘shma dasturlar hamda stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Mahorat darsida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda amaliyotchi mutaxassislar faol ishtirok etib, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.

Nordikdan yana bir xalqaro natija — Scopus Q1: ustozlarimiz maqolalari yuqori ilmiy segmentlarda
Bu maqola xalqaro ekspertlar taqrizidan muvaffaqiyatli o‘tgan, ilmiy yangilik va metodologik mustahkamligi isbotlangan tadqiqot demakdir.
🔬 1-MAQOLA 🧬 Sog‘liqni 24/7 nazorat qilish imkoniyatini beruvchi biointegratsiyalashgan tizimlar haqida.
“Materiallar, qurilma arxitekturasi va klinik qo‘llanmalar asosida uzluksiz tibbiy monitoring uchun biointegratsiyalashgan tizimlar” mavzusida.
Ushbu tadqiqotda inson salomatligini real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beruvchi biointegratsiyalashgan wearable (taqiladigan) tizimlar ilmiy tahlil qilingan. Yurak urishi, qon bosimi, glyukoza darajasi, kislorod to‘yinganligi — bularni uzluksiz kuzatish endi bugunning texnologik haqiqatidir.
Maqolada ilg‘or biomateriallar, qurilma arxitekturasi va klinik qo‘llanmalar ilmiy asosda yoritilgan.
🔗 To‘liq maqola: https://nesciences.com/article/72994/
🔬 2-MAQOLA kasallikni erta aniqlash — hayotni saqlab qolish imkoniyatiga bag‘ishlangan.
“Yuqori sezgir aniqlash va bemor yonida qaror qabul qilishni ta’minlovchi translatsion tibbiyot uchun mikro-nano muhandislik asosidagi biosensor platformalar” mavzusida.
Mazkur maqolada mikro va nano muhandislik asosidagi biosensor platformalar tahlil qilingan.
Point-of-Care texnologiyasi — laboratoriyadan tashqarida, bemor yonida tezkor diagnostika.
Yuqori sezgirlik va aniqlik zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb talabidir.
Bu tadqiqot nafaqat ilmiy yangilik, balki klinik amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimdir.
🔗 To‘liq maqola bilan tanishish: https://nesciences.com/article/72983/

O‘zbekiston 24 | Carnegie R1 darajasidagi hamkorlik: Toshkentdan Vashingtongacha ilmiy ko‘prik qurildi!
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi Xalqaro Nordik universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik — amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy qadam.
✓ Nordic — Rowan (https://www.rowan.edu/) hamkorligida ochilgan xalqaro markazda talabalar:
➖ ikki tomonlama diplom dasturlari orqali ikki universitet diplomini qo‘lga kiritish;
➖ Toshkentdagi markazda tahsil olib, AQShdagi ta’lim muhitiga yo‘l olish;
➖ ilmiy izlanishlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi orqali global tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga erishadilar.
“Mamlakatlar va xalqlarni hamkorlikka chorlaydigan har qanday tashabbus ijodiy natija beradi”, — deydi doktor Lowman.
Bu tashrif — nafaqat diplomatik muloqot, balki ilmiy integratsiya, innovatsion tafakkur va yoshlar uchun global imkoniyatlar maydonidir."
Kuz mavsumida dasturga qiziqish yanada oshishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekiston–AQSh ilmiy hamkorligining yangi bosqichga chiqayotganidan dalolat.