Uchrashuvda 2025-yil — “Taʼlimda sifat bosqichi va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish yili” doirasida amalga oshirilgan akademik va noakademik faoliyat sarhisob qilindi.
Yil davomida universitet barcha tuzilmalarining barqaror taraqqiyot yo‘lidagi izchil qadamlari, taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish borasidagi tizimli yondashuvlari alohida eʼtirof etildi. Xususan, xalqaro hamkorlik geografiyasi kengayib, yangi muzokaralar, tashriflar va memorandumlar hamda ilmiy muloqotlar orqali yanada mustahkamlandi. Ilmiy tadqiqotlar, nashrlar, grantlar va loyihalar doirasi kengaydi, taʼlim eksporti yo‘nalishida o‘ziga xos Nordik tajribasi shakllandi.
Shuningdek, raqamli rivojlanish va samarali boshqaruv mexanizmlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimi, ustoz va talabalar yutuqlari, ilmiy muvaffaqiyatlar hamda yangi markazlar faoliyati tahlil qilindi. Bu jarayonlar taʼlim sifatini ijobiy natijalar bilan mustahkamlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda rektor tomonidan yangi 2026 — “Yashil universitet sari: global mehnat bozori talabi asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash” yili doirasida jamoa oldida turgan ustuvor vazifalar, strategik yo‘nalishlar va aniq maqsadlar belgilab berildi.
Bu yo‘nalishlar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy tadqiqotlarni xalqaro talablarga mos rivojlantirish hamda universitetning global raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgan.
Xususan, ta’lim jarayoniga AI-integratsiyalashgan yondashuvlarni joriy etish, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablari asosida yanada takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun academic mobility imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro va milliy akkreditatsiyalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, fakultetlarni soha klasterlari asosida rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, ta’lim sifati bo‘yicha KPI va reyting tizimlarini joriy etish, talabalar bandligi va startap tashabbuslarini tizimli qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga yo‘naltirilgan fanlar ulushini oshirish, dars dizayni va baholash tizimlarini takomillashtirish muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Bundan tashqari, qabul va marketing jarayonlarida maqsadli saʼy-harakatlar izchilligini taʼminlash, Nordik ilmiy mahsulotlarini xalqaro ilmiy bazalarda faol ilgari surish vazifalari belgilandi. Ushbu yondashuvlar orqali raqamli, ochiq va insonparvar universitet modelini izchil shakllantirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun xorijda malaka oshirish imkoniyatlari, yangi dasturlar va yaqinlashib kelayotgan treninglar haftaligi bo‘yicha ham muhim maʼlumotlar yetkazildi.
Mazkur uchrashuvda Xalqaro Nordik universiteti jamoasi aniq strategiya, puxta reja va jamoaviy mas’uliyat asosida yanada ilg‘or harakat qilishga undaldi.













