Seminar: mediasavodxonlik va axborot xavfsizligi

Seminar: mediasavodxonlik va axborot xavfsizligi

November 13 , 2025

|

1257

Xalqaro Nordik universitetida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida o‘tkazilgan “Media savodxonlik va faktcheking” seminari — zamonaviy axborot oqimida to‘g‘ri yo‘l topish xususida bo‘ldi.

Adliya vazirligi huzuridagi Multimedia markazi rahbari Sevara O‘rinboyeva mediasavodli bo‘lish — bu nafaqat internetda feyklardan himoyalanish, balki mustaqil fikrlaydigan, tanqidiy yondasha oladigan aqlli foydalanuvchi bo‘lishdir, deya ta’kidladi.


Shuningdek, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova va O‘zJOKU doktoranti Umida Qodirova “Fact-checking va sunʼiy intellekt: zamonaviy jurnalistikada ishonchli manbalarni aniqlash” mavzusida tahliliy maʼruzalar taqdim etishdi.


Seminar talabalar bilan interfaol tarzda o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan axborot asri — faktlarga asoslangan tafakkur zamoni ekanligi taʼkidlandi.

photo-2025-11-13-19-21-49-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-21-49-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-05-05
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-05-05-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-21-50
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-21-52
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-05-05-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-21-49
Ko‘rib chiqish
photo-2025-11-13-19-21-48
Ko‘rib chiqish