"Sehrli diyor"dagi unutilmas muloqotlar

January 06 , 2024
1039
Xalqaro tajriba, 4.0 universitetlar, ta'lim safari.
"Sehrli diyor"dagi unutilmas muloqotlar
Xalqaro Nordik universiteti xalqaro tajribalarni o‘rganish, ta'lim, tadqiqot va tadbirkorlikka asoslangan, ya'ni 4.0 formatdagi universitetlar faoliyati bilan tanishish, o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli qo‘shma dasturlarni birgalikda yo‘lga qo‘yish maqsadida jahonning taraqqiy topgan davlatlariga safarlar uyushtirmoqda.
"Xalq so‘zi" gazetasining bugungi sahifalarida XNU delegatsiyasining Nobel mukofotining eng ko‘p sovrindorlari yurti, ilg‘or o‘quv dasturlari, dunyo miqyosidagi tadqiqotlarga asoslangan innovatsiyalari bilan ajralib turuvchi Amerika Qo‘shma Shtatlariga ta'lim safari tafsilotlari nashr etildi.
Delegatsiyaga rahbarlik qilgan XNU rektori Sherzod Mustafakulovning maqolasida "sehrli diyor"dagi unutilmas muloqotlar va taassurotlar bilan tanishish mumkin.
So'nggi yangiliklar

TasIMO-2026: “Zakovat va tafakkur maydonidagi sog‘lom raqobat"
Sahifada olimpiada final bosqichi jarayonlari, xalqaro miqyosdagi nufuzi hamda yosh matematiklarning muvaffaqiyat yo‘llari yoritildi.
Shuningdek, xalqaro olimpiadaning maqsadi va ahamiyati, O‘zbekistonning ta’limdagi yangi natijalari, xorijlik va mahalliy g‘oliblarning taassurotlari, yosh iste’dodlarning orzu va intilishlari, matematika orqali shakllanayotgan global tafakkur muhiti haqida maqola va axborotlar jamlangan.
Ushbu sahifada “TasIMO”ning xalqaro intellektual platformaga aylanib borayotgani namoyon etilgan. Ayniqsa, maqolalarda O‘zbekistonning ochiq ta’lim siyosati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xalqaro akademik hamkorlik masalalariga alohida urg‘u berilgan.
“TasIMO–2026” finalida O‘zbekistonning barcha hududlari bilan bir qatorda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Pokiston, Bolgariya kabi o'nlab davlatlardan kelgan iqtidorli yoshlar ishtirok etgani musobaqaning xalqaro nufuzini yanada oshirdi.
Taʼkidlash joizki, TasIMO olimpiadasi jarayonlari keng jamoatchilik, jumladan yurtimizning xalqaro muvaffaqiyatlarga erishayotgan yosh yetakchilari tomonidan ham katta qiziqish bilan kuzatib borildi.
Gazetada ana shunday yoshlarimizdan biri — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, "O‘zbekiston iftixori" medali va "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, xalqaro usta, 2026-yil shahmatchisi Javohir Sindarovning finalchilarga tilaklari va o‘z muvaffaqiyatli yo‘li misolidagi foydali tavsiyalari ham yoritildi.
Batafsil maʼlumotlar bilan “Xalq so‘zi”ning bugun — 22-may kungi sonida tanishishingiz mumkin.

Turizmni ilmiy asosda rivojlantirish — taraqqiyotning muhim omili
Unda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, soha mutaxassislari hamda yetakchi professor-olimlar ishtirok etdilar.
“Turizm sohasida davlat, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi: soha taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish garovi” mavzusidagi uchrashuvda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Turizmni rivojlantirish strategiyasi, mamlakat turizmining uzoq muddatli modeli hamda zamonaviy turizm industriyasining global tendensiyalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bugungi turizm sohasi sun’iy intellekt, raqamli platformalar, ekologik yondashuvlar, “taassurot iqtisodiyoti” va individual sayohat konsepsiyalari asosida yangi bosqichga o‘tmoqda. Endilikda davlatlar o‘rtasidagi raqobat nafaqat tarixiy meros, balki innovatsion fikrlash, servis sifati va intellektual mahsulotlar bilan ham belgilanmoqda.
Uchrashuvda Xalqaro Nordik universiteti professor-olimlari ham faol ishtirok etdilar. Universitet prorektori Muhammadsiddiq Amonboyev tomonidan turizmni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslar ilgari surildi.
Xususan:
➖ turizm sohasidagi amaliy muammolarni ilmiy tadqiqotlar asosida hal etish uchun Turizm qo‘mitasi tomonidan ilmiy loyihalar tanlovini yo‘lga qo‘yish;
➖ OTM talabalari uchun Turizm qo‘mitasi tomonidan moliyalashtiriladigan Toshkent xalqaro olimpiadasini tashkil etish hamda uni har yili xalqaro miqyosda o‘tkazish, ushbu loyiha orqali dunyo mamlakatlaridan jamoalarni jalb qilish, O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, MICE turizmini rivojlantirish va innovatsion yechimlarni shakllantirish taklif qilindi.
Shuningdek, turizm yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida tarix fani o‘rniga matematika fanini asosiy fan sifatida joriy etish taklifi ilgari surildi. Tizimdagi qator muammolar sanalib, mazkur tashabbus turizm iqtisodiyoti, menejment va analitik yo‘nalishlarda kuchli bilim bazasiga ega kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishi taʼkidlab o‘tildi.
Xalqaro Nordik universitetining ushbu tashabbuslari turizm sohasida ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

"Kompyuter sporti" turniri: IT bilim va jamoaviylik sinovi
Musobaqada 6 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib bordi.
3 ta shart asosida o‘tgan bellashuv davomida ishtirokchilar tezkorlik va texnik mahoratini, kuchli taktika hamda jamoaviy birdamliklarini ham namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
🥇 1-o‘rin — “MIDDLES” jamoasi — Jahongir Ziyodullayev, Mashhurbek Olimov, Sardor Nurmatov, Miraziz Muxtorov va Og‘abek Samadov.
🥈 2-o‘rin — “NEXUS” jamoasi — Shukurullo Amanturdiyev, Ozodbek Axmedov, Muhriddin Shaxriddinov va JamshidbekTolibov.
🥉 3-o‘rin — “Cyberkent” jamoasi — Boburxon O‘rinxo‘jayev, Jahongir Sindorov, Abdulvosid Abdimalikov, Fayzulloh Umatov va Behruz Xasanov.
👏 G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!
Musobaqa yoshlarning IT va kompyuter sportiga bo‘lgan qiziqishi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirdi.

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi
Dars psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdumo‘min Rasulov tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar psixodiagnostik tekshiruvning nazariy asoslari, diagnostik test va so‘rovnomalardan foydalanish, kuzatuv usullari, natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish, amaliy misollar asosida tadqiqot olib borish bo‘yicha muhim bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu mahorat darsi Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.