Maqolada Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan belgilangan ustuvor vazifalar mohiyati ilmiy-tahliliy nuqtai nazardan yoritilgan. Unda bugungi globallashuv, raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt sharoitida yoshlarning oldida turgan eng muhim masalalar tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada sun'iy intellekt, robototexnika, biotexnologiya, raqamli iqtisodiyot, yangi kasblar ekotizimi, uzluksiz ta'lim, hayot davomida o‘qish (lifelong learning) kabi bugunning eng dolzarb yo‘nalishlari tahlil qilinib, kelajak mehnat bozori qanday mutaxassislarni talab qilishi haqida xulosalar ilgari surilgan.
"Kelajak kasblari ekotizimi" kabi o‘nlab dolzarb tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratilib, ushbu loyihalarning yoshlarni mehnat bozorining yangi talablariga tayyorlash, kasbiy yo‘nalish berish va zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
Maqola nafaqat yoshlar, balki ota-onalar, pedagoglar, oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda ta'lim tizimi mutaxassislari uchun ham manba bo‘lib xizmat qiladi.
"Xalq so‘zi" gazetasining 4-iyul kungi bugungi sonida ushbu maqola bilan albatta batafsil tanishing.
Bugungi gazetada| "Xalq so‘zi"

July 04 , 2026
1651
"Xalq so‘zi" gazetasida Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulovning "Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning masʼuliyatli kuchi" nomli maqolasi chop etildi.

Ko‘rib chiqish



