Uchrashuv davomida TDT bosh kotibi Nordik universitetining ta’lim modeli, ilmiy loyihalari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. Muzokaralarda turkiy makonda oliy ta’limni integratsiyalash, qo‘shma dasturlar, ilmiy-tadqiqot klasterlarini shakllantirish kabi mavzularda so‘z bordi.
Tashrif doirasida turkiy davlatlar ta’lim makoni, oliy taʼlim muassasalarining rivojlanish istiqbollari, yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish masalalarida fikr almashildi.









