Savol: nega Amir Temur oddiy lashkarboshi bo‘lib qolmadi?

March 24 , 2026
1193
Javob: u shunchaki jang qilmagan — u tizim qurgan!
Tarixiy manbalarga ko‘ra:
✓ Temur har bir yurishidan oldin kengash o‘tkazgan
✓ har bir amirga aniq vazifa yuklagan
✓ va eng muhimi — natija uchun shaxsiy javobgarlikni belgilagan.
🔰 “Davlat ishlarini maslahat va tartib bilan olib bordim.”
🔥 Eng muhim jihat: u lavozimni nasabga emas, qobiliyat va sodiqlikka qarab topshirgan.
📌 Natija: tarixdagi eng samarali boshqaruv jamoalaridan birini tuzgan.
💭 Endi esa bugungi kun…
Ko‘pincha quyidagilarga duch kelamiz:
❌ Reja bor — ijro sust
❌ Hisobot bor — natija yo‘q
❌ Lavozim bor — mas’uliyat noaniq.
📌 Temuriy yondashuv nima deydi?
✔️ Har bir lavozim = aniq vazifa
✔️ Har bir vazifa = o‘lchanadigan natija
✔️ Har bir natija = shaxsiy javobgarlik.
⚙️ Hatto uning qo‘shin tizimi (10 lik, 100 lik, 1000 lik) —
bugungi boshqaruv strukturasi va KPI tizimining ildizi edi.
💡 Eng muhim xulosa:
Temur kuchli bo‘lgani uchun davlat kuchli bo‘lmagan.
👉 Tizim kuchli bo‘lgani uchun davlat kuchli bo‘lgan.
✅ O‘zimizga savol beraylik:
Tizim quryapmizmi… yoki shunchaki faoliyat yurityapmizmi?
So'nggi yangiliklar

Buyuk merosga nazar: talabalar esse tanlovida
Uning bebaho merosi — "Temur tuzuklari" esa asrlar osha davlat boshqaruvi va insoniy qadriyatlar maktabi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ana shu buyuk merosni chuqur anglash, uni zamonaviy nigoh bilan talqin qilish maqsadida Nordikning kitobxon talabalari o‘rtasida esse tanlovi tashkil etildi.
Yoshlarimiz “Temur tuzuklari – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida qalam tebratar ekanlar, ular tarixga murojaat qilish barobarida bugunning muhim savollariga ham javob izladilar.
Bu tanlov yoshlar tafakkuri, tahliliy qarashi va o‘zlikni anglash yo‘lidagi o‘ziga xos yo‘l bo‘ldi.

Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik: Markaziy Osiyo yoshlari muzokara stolida
27-apreldan start olgan ushbu nufuzli tadbir Markaziy Osiyoning to‘rt mamlakati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan saralangan 25 nafar faol yoshlarni bir maydonga jamladi.
Mazkur loyiha doirasida ishtirokchilar diplomatik simulyatsiya orqali, ya’ni xalqaro muzokaralarga yaqinlashtirilgan interaktiv jarayonda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular diplomat rolida chiqish qilib, global xavfsizlik masalalarida pozitsiya bildirishmoqda, rezolyutsiyalar ishlab chiqib, murosaga kelish yo‘llarini izlashmoqda. Bu jarayon yoshlarning nafaqat nazariy bilimini, balki tanqidiy fikrlash, muzokara olib borish, muloqot va qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilyapti.
Ayniqsa, BMTning “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibi doirasidagi muhokamalar tadbirning dolzarbligini yanada oshirmoqda. Bu esa O‘zbekistonning yoshlar diplomatiyasi bo‘yicha faol pozitsiyasini yana bir bor namoyon etyapti.
Tadbir 5 kun davomida bosqichma-bosqich, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda olib borilmoqda.
“Model OSCE dasturida yoshlar uchun diplomatiya va muzokaralar bo‘yicha amaliy tajribalar beriladi, shu bilan birga xalqaro tashkilotlar faoliyatini chuqurroq anglashga yordam beriladi. Markaziy Osiyo bo‘ylab ishtirokchilarni birlashtirish orqali bu tashabbus mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi va umumiy xavfsizlik muammolarini hal etishda yoshlarning faolligini qo‘llab-quvvatlaydi,” — dedi O‘zbekistondagi OSCE loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen. "Besh kun davomida ishtirokchilar OSCE faoliyati bilan tanishadi, dolzarb xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi, qaror qabul qilishda yoshlarning rolini o‘rganadi hamda “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining 2250-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish masalalarini tahlil qiladi."
Tadbirda amaliy o‘rganishga alohida urg‘u berilib, interaktiv mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar asosiy mavzular bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralar olib bormoqda. Gender tengligi, inklyuziv ishtirok va yoshlarning tinchlik hamda xavfsizlikdagi roliga alohida e’tibor qaratilyapti.

10 000+ muhandis: "Kelajak muhandislari" festivali qizg‘in
Festival doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlikda 12 ta xalqaro, 27 ta respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
10 000 dan ortiq yosh muhandislar ishtirok etayotgan ushbu nufuzli tadbirda Xalqaro Nordik universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya ham faol qatnashyapti.
“Bo‘lajak olim” tanlovi g‘oliblari o‘z loyihalari bilan ko‘rgazmada ishtirok etishyapti, professor-o‘qituvchilarimiz hakam va mentor sifatida yoshlarga yo‘l ko‘rsatishyapti.

Eʼtirof va ishonch timsoli: O‘mon elchisidan yuksak ehtirom maktubi
O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr al-Busaidiy universitet rektoriga yuksak ehtirom bilan maktub yo‘lladi.
Maktubda universitetning ilmiy va akademik sohadagi yetakchi o‘rni, ma’rifatni keng targ‘ib etishdagi faoliyati hamda ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasi alohida e’tirof etilgan.
Shuningdek, elchi tomonidan “Islohotchi taxtda” nomli asar universitetga taqdim qilindi.
Bu nafaqat sovg‘a, chuqur ishonch va mustahkam hamkorlik ramzidir.
Mazkur kitob tarixiy shaxs, O‘mon Sultoni Qobus bin Said hayoti va davlat boshqaruvidagi islohotlariga bag‘ishlangan bo‘lib, tarix va siyosat chorrahasidagi muhim qarashlar yoritilgan.
Endilikda ushbu noyob asar universitet kutubxonasidan o‘rin olib, talaba va tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy manbadir.
Bu tuhfa ilmiy va ma’rifiy hamkorlikning yanada mustahkamlanishi yo‘lida muhim qadamlardan bo‘ldi.