Yangiliklar
Samarqandga sayohat

November 03 , 2022
117
Finlandiyalik mehmonlar uchun Samarqandga sayohat uyushtirildi
"O‘zbekiston-Finlandiya xalqaro biznes-forumi" doirasida yurtimizga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar uchun tarixiy Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Bu qadimiy, tarixiy azim shaharning diqqatga sazovor joylari, mahobatli me'moriy obidalari xorijiy mehmonlarda katta tassurot qoldirmoqda.
So'nggi yangiliklar

Nordikdan AQShgacha — bilim, bayram va birdamlik!
Amerikada zo‘r yangilik: O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Nordik universiteti hamkorligida Navro‘z Lourens universitetida katta bayramga aylandi! O‘zbekistonlik talabalarimiz o‘zbekona urf-odatlarni faxr bilan namoyish etishdi, turli millat vakillarini bir sahnada birlashtirishdi.
"Xalq so‘zi" gazetasi universitet rektori Sherzod Mustafakulov muallifligidagi "Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim va mas'uliyatli qadamlar" maqolasi orqali bu voqeani o‘z sahifalariga olib chiqdi .
Bugungi son — albatta o‘qishga arziydi!

Zakovat maydonida – magistrantlar
G‘oliblar bilan faxrlanamiz!
🥇 "Marvel" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥈 "Justice League" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥉 "Maestro" jamoasi (Musiqa ta’limi va san’at).
O‘yinning har bir daqiqasi sinov, har bir to‘g‘ri javob g‘alaba sari qadam bo‘ldi. Qizg‘in o‘yin, topqirlik, tezkorlik va hamjihatlik uchun barcha ishtirokchi jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz!

Toshkent – parlament diplomatiyasining markazi!
"Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati" — sessiyaning bosh mavzusi bo‘lib, parlamentlararo hamkorlik va adolatli jamiyat qurilishi yo‘lida muhim fikr almashuvlarga sabab bo‘ldi. Sessiya yakunida esa "Toshkent deklaratsiyasi" qabul qilindi!
Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Oybek Qulmamatov sessiyada Zambiya delegatsiyasiga tarjimon sifatida biriktirilib, xalqaro darajadagi muloqotda faol ishtirok etdi.
9-aprel kuni Zambiya delegatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xushvaqt Haitov bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazib, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Parlamentlararo ittifoqning assambleyasi O‘zbekistonning dunyo parlamentarizmidagi yetakchiligini namoyon etdi. Ustozlarimiz tomonidan talabalarga bu muhim tarixiy jarayonlar mohiyati yetkazilmoqda.

Germaniya akademik almashinuv xizmati vakillaridan eksklyuziv seminar
Chet tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkillangan seminarda turli oliygohlar talabalari ishtirok etdilar. Ularga Germaniyada bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish imkoniyatlari, grantlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha real tavsiyalar berildi.
Shuningdek, nemis va ingliz tillaridagi bilimlarni baholovchi OnSET imtihoni tashkil etildi, aʼlo va yaxshi natijalar olindi.