Mehmonlarga bu noyob me’moriy obida — Movarounnahrda ma’rifat va ma’naviyat markazi bo‘lgan, asrlar davomida olimu fozillarni tarbiyalagan maskan haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Ko‘kaldosh madrasasi nafaqat o‘zining tarixiy qiyofasi, balki xalqimizning ilm, madaniyat va hunarmandchilik an’analarini mujassam etgani bilan ham xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.







