Yangiliklar
Respublikamizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimi yanada rivojlantiriladi

February 07 , 2025
798
Nordik universitetida Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (OʻzFIPI) rektori va tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Respublika oliy taʼlim Kengashi huzurida kichik loyiha guruhlari faoliyat yurityapti. Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov pedagog kadrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirish ishlariga boshchilik qilmoqda.
Nordik huzurida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlayotgan oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va mutaxassislari bilan doimiy aloqa o‘rnatish, sohada mavjud muammolar bazasini shakllantirish bo‘yicha platforma tashkil etilmoqda.
Bugun kichik loyiha ishchi guruhi aʼzosi - O‘zFIPI rektori Shahzoda Negmatova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuvda oliy taʼlim tizimida natijadorlikka erishish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, zamonaviy fikrlaydigan amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis palatalari majlislarida belgilangan strategik vazifalar o‘rganib chiqilib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.
Oliy taʼlimda sifat ko‘rsatkichlariga erishish, o‘quv-meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish va qabul parametrlarini shakllantirishda ish beruvchilar va mehnat bozori ehtiyojlarini to‘liq inobatga olish ustuvor vazifalar ekanligi taʼkidlandi.
Pedagog kadrlar tayyorlashda oliygoh bitiruvchilari va mehnat bozori talabi o‘rtasida vujudga kelayotgan nomutanosibliklarni bartaraf etish, dual taʼlim, ilmiy-innovatsion faoliyatni zamon talablariga muvofiq tashkillash masalalarida ham so‘z bordi. Nordik universiteti ko‘magida pedagog kadrlarning malakasini oshirish, taʼlim safarlari tashkillab, xorijiy tajribalarni o‘rganishga kelishildi.
Uchrashuvda pedagog kadrlar tayyorlashda oliygohlarda o‘zaro uyg‘un siyosat olib borish, kichik guruh barcha aʼzolarini jalb etgan holda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya takliflarini yanada boyitish xususida so‘z bordi.
Kichik guruh faoliyati doirasida pedagog kadrlar salohiyati va kasbiy mahoratini oshirish orqali kelgusida maktablar taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqish chora-tadbirlariga eʼtibor qaratilmoqda.
Zero, yoshlar ong-u tafakkurida milliy g‘urur va umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish, ularni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari, ilm-fan, IT texnologiyalar bilimdoni etib tarbiyalash har jihatdan pedagoglar mahorati va kasbiy ko‘nikmalarga egaligiga bog‘liqdir.





So'nggi yangiliklar

Milliy identivlik: uch ming yillik xotira va bugungi ong
Ijtimoiy fanlar va jurnalistika kafedrasi professori, f.f.d. Yulduz Ortiqova muallifligidagi “Milliy identivlik va OAV” darsligida zamonaviy jurnalistikaning eng nozik va dolzarb masalalaridan biri — milliy o‘zlikni anglash va uni axborot makonida to‘g‘ri ifodalash masalasi ilmiy asosda yoritilgan.
Taqdimot marosimida “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri, f.f.f.d. Salim Doniyorov hamda O‘zJOKU professori, f.f.d. Fayzulla Mo‘minov ishtirok etib, mazkur asarning ilmiy, ma’naviy va amaliy ahamiyatiga chuqur baho berdilar.
Talabalar taqdimotda nafaqat yangi darslik, balki boy hayotiy tajriba va ijodiy qarashlar bilan yuzma-yuz bo‘lishdi.
Ustoz maʼruzachilar — professor Fayzulla Mo‘minov va Najmiddin Qodirov milliy identivlikning tarixiy shakllanish jarayoniga e’tibor qaratib, uning osonlik bilan emas, sinovlar, yo‘qotishlar bilan bugungi avlodga yetib kelganini alohida ta’kidladilar. Milliy identivlik uch ming yillik millat xotirasi, sha’ni va kelajagi bilan bog‘liq murakkab, muhim tushuncha ekanini qayd etdilar.
Salim Doniyorov masalaga yanada kengroq ijtimoiy-falsafiy yondashib, bugungi globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni asrab qolish ongli tanlov ekanini urg‘uladi.
“Biz — oilani, ota-onani, qadriyatni, ildizni muqaddas biladigan jamiyatmiz. Shu jihatimiz bilan kosmopolit qarashlardan farq qilamiz.”
Uning yana bir muhim fikri talabalar uchun o‘ziga xos hayotiy qo‘llanma bo‘ldi:
“Faqat motivatsiya yetarli emas — uni intizom va tizim bilan mustahkamlash kerak.”
Kitob taqdimotida alohida urg‘u berilgan jihatlardan biri — milliy identivlikni noto‘g‘ri talqin qilish xavfi bo‘ldi. Ta’kidlandiki, milliy o‘zlik — bu o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish emas, balki barcha millatlarni hurmat qilgan holda o‘z qadriyatlarini anglash va himoya qilishdir. Aynan shu yondashuv bugungi jurnalistikaning etik mezonlarini belgilab beradi.
Mazkur darslik nafaqat nazariy bilimlar to‘plami, balki amaliy qo‘llanma sifatida ham katta ahamiyatga ega. Kitob jahon olimlarining ilmiy qarashlari asosida boyitilgan. Mavzular oxirida berilgan topshiriqlar orqali tahliliy va ijodiy fikrlash rivojlantiriladi, mavzularni chuqurroq anglash imkonini beradi.
Kitob jurnalistlarda milliy, madaniy va ijtimoiy kontekstda voqealarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishda ham qo‘l keladi.
Tadbir yakunida Salim Doniyorov “Yangi O‘zbekiston orzusi” kitobini universitet kutubxonasiga sovg‘a qildi. Bu esa yangi ilmiy hamkorlik va ma’naviy aloqalarning yana bir ramziy ifodasi bo‘ldi.
Tadqiqotchi-muallif ustoz Yulduzxon Ortiqovaning “Milliy identivlik va OAV” darsligi fikr va mas’uliyat, qadriyat va professionallik o‘rtasidagi nozik muvozanatni o‘rgatuvchi ilmiy maktab mahsuli hamdir. Chunki jurnalist nafaqat axborotni yetkazadi — balki jamiyat tafakkurini shakllantiradi. Ijtimoiy fanlar va jurnalistika kafedrasi va talabalar jamoasi muallifni samimiy qutlab, kitob uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Tadbir davomida mehmonlar universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, ilmiy hamkorlikni kengaytirishlarini ham bildirdilar.

Nordik talabalari — xalqaro tech maydonda
17 mamlakatdan 1200 dan ziyod ishtirokchi jamlangan hackathonda uch yo‘nalishda qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi:
AI & Healthcare — tibbiyotdagi muammolar uchun sunʼiy intellekt asosidagi yechimlar
Cybersecurity (CTF) — kiberxavf muhitida sinovlar
Robototexnika va muhandislik — texnik topshiriqlar ustida ishlash.
Bu anjuman talabalar uchun xalqaro networking, jamoaviy brainstorming va o‘zlarini sinab ko‘rish imkonini berdi.
Talabalarimiz yangi bilimlar oldilar, xalqaro tajriba orttirdilar va o‘z imkoniyatlarini kengaytirdilar.

Universitet kengashining 3-son yig‘ilishi: ustuvor vazifalar tahlil etildi
Dastlab vazirlik hay’ati qarorlari ijrosi, tizimli yondashuv hamda natijadorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarda amalga oshirilgan ishlar, innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha erishilgan natijalar yoritildi. Shu bilan birga, monitoring va baholash mexanizmlarini takomillashtirish, ichki nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Kun tartibidagi muhim masala — universitetning 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot faoliyati konsepsiyasi ko‘rib chiqildi. Mazkur loyihada ilmiy izlanishlarni amaliy natijadorlikka yo‘naltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, grant va investitsiyalarni jalb etish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Shuningdek, ilmiy faoliyatni raqamlashtirish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda startap ekotizimini rivojlantirish xususida so‘z bordi.
Yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, talabalar fikrini so‘rovnomalar orqali o‘rganish hamda professor-o‘qituvchilar kompetensiyasiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar yuzasidan ham muhokamalar olib borildi.
“Work and Travel – 2026” dasturi doirasida xorijga yuborilayotgan talabalarni tayyorlash, ularning xalqaro mehnat bozoriga moslashuvi va amaliy tajriba orttirishiga ko‘maklashish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Kengash yig‘ilishida “TasIMO – 2026” xalqaro matematika olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etish masalasi ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Rektor Sherzod Mustafakulov tomonidan olimpiadani keng targ‘ib qilish, raqamli platformalardan samarali foydalanish, ishtirokchilar geografiyasini kengaytirish hamda keyingi bosqichlarni yuqori darajada tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, ilmiy kadrlar tayyorlash va akkreditatsiya jarayonlari yuzasidan hisobotlar tinglandi. Mustaqil izlanuvchilarning individual ish rejalari va metodologik dasturlarini tasdiqlash, maxsus akkreditatsiya uchun ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilishda qabul kampaniyasini samarali tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilib, mas’ullar tomonidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
Kengashda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, ilmiy yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar va stipendiat talabalar Kengash raisi tomonidan samimiy muborakbod etildi.

Nordic Talk: gapirish vaqti keldi
Ushbu innovatsion akademik platforma Chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Durdona Azizova va dekan o‘rinbosari Zafar Uralboyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi.
Nordik ta’lim qadriyatlariga uyg‘un loyihaning maqsadi kreativ tafakkurni uyg‘otish, nutq taʼsirchanligini oshirish va eng muhimi, o‘z fikrini erkin, dadil ayta oladigan yetakchi yoshlar safini kengaytirib borishdir.
Talabalar ingliz tilida o‘z hayotiy tajribalari va qarashlariga asoslangan nutqlar bilan chiqish qilib, tomoshabinlarni o‘ylantirib ham qo‘ydilar.
G‘oliblar bilan tanishamiz:
✨ Eng yaxshi spiker — Elvira Abdumalikova, “Biz qo‘llab-quvvatlayotgan kontent, biz yaratayotgan hamjamiyat”
✨ Eng ilhomlantiruvchi nutq — O‘g‘iloy Kubayeva, “Haqiqatan fikrlayotgan kim? Sizmi yoki sizning miyangiz?”
✨ Eng yaxshi g‘oya — Nodirabegim Xamidova, “Zerikishning ahamiyati”
Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan, g‘oliblar esa diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi va bu faqat boshlanishi! Nordic Talk — yangi g‘oyalar, yangi ovozlar va yangi liderlarni kashf etishda davom etadi.