Rasmiy ochilish tadbiri munosabati bilan Finlyandiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raysyanen va Finlyandiya milliy ta'lim agentligi direktori Samu Seitsalo boshchiligida ta'lim sohasi vakillari va bir qator hamkor kompaniyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Shuningdek, vazirliklar, idoralar, diplomatik korpus vakillari va viloyat rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ta’lim tizimi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etyaptilar. Nufuzli mehmonlar Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati tomonidan ehtirom bilan kutib olindilar.




