Psixolog va pedagoglar mehnati yuksak baholandi

Psixolog va pedagoglar mehnati yuksak baholandi

December 10 , 2025

|

1086

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida “Ta’lim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi uslubiy qo‘llanma” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, Taʼlimni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shahzodbek Kurbaniyazov va akademik G‘ayrat Shoumarov pedagog va psixologlar mehnatini yuksak baholab, ularga minnatdorchilik bildirdilar.


3-iyun–30-noyabr oralig‘ida o‘tkazilgan tanlovda 100 ga yaqin uslubiy ishlar ko‘rib chiqilib, ekspertlar tomonidan saralab olingani maʼlum qilindi. 


Quvonarlisi, Nordik universiteti navbatdagi ilmiy yutuqqa erishdi. 1-darajali diplom va eng yaxshi uslubiy qo‘llanma sohiblari —Nordik universiteti Psixologiya va Maktabgacha ta’lim kafedrasi vakillari Nigoraxon Lutfullayeva va Damegul Arapboyeva munosib taqdirlandilar.

photo-2025-12-10-12-07-45
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-10-12-07-45-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-10-12-07-46-3
Ko‘rib chiqish
17-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-10-12-07-46
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-10-12-07-47
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-10-12-07-47-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-10-12-07-48
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-10-10-02-58
Ko‘rib chiqish