Professor-o‘qituvchilarimiz BOS texnologiyalarini qo‘llash tajribasiga ega bo‘ldilar!

Professor-o‘qituvchilarimiz BOS texnologiyalarini qo‘llash tajribasiga ega bo‘ldilar!

March 11 , 2023

|

1455

XNU dotsentlari Sankt-Peterburgda BOS texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirdilar va sertifikat oldilar.

🎓 Xalqaro Nordik Universiteti biofeedback texnologiyalarini ishlab chiqarish va joriy etishda jahonning yetakchisi bo‘lgan "Биосвязь" kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda.

📌 Universitetimiz dotsentlari –

Nargiza Ergasheva

Sayyora Iskanderova

🌍 Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan "Psixoemotsional" BOS kompleksining "Biofeedbackdan foydalanadigan biotexnika va tibbiy asboblar hamda tizimlar" mavzusidagi 72 soatlik konsultativ seminarida malaka oshirdilar.

🛠 Ustozlarimiz "Биосвязь" tomonidan ishlab chiqarilgan apparat va dasturiy ta’minot tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar hamda Sertifikatga ega bo‘ldilar.

🎯 BOS texnologiyalarining ta’lim va tibbiyot sohalarida qo‘llanilishi – samaradorlik va innovatsiyaning muhim omillaridan biridir!