Universitetning ta’lim bo‘yicha xorijiy maslahatchisi Petri Lounaskorpi va Akademik ishlar bo‘yicha prorektor Muhammadsiddiq Amanboyev Toshkent viloyatidagi maktablarda bitiruvchi-o‘quvchilar bilan oliy ta'lim muassasasiga kirish va kelajak mutaxassislariga qo‘yilayotgan talablar bo‘yicha interfaol suhbatlar tashkil etmoqdalar.
Yangiyo‘l tumanidagi 4-maktabda 11-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda taqdimotlar orqali o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Bitiruvchilar mavjud yo‘nalishlar, qabul tartiblari, universitetda o‘qish va xalqaro dasturlar orqali xorijga chiqish imkoniyatlari bilan batafsil tanishtirildilar.




