XNU hamkorligida Finlyandiyada tajriba almashayotgan ta’lim tizimi vakillari Keljonkanjas o‘rta maktabi faoliyati bilan tanishdilar

XNU hamkorligida Finlyandiyada tajriba almashayotgan ta’lim tizimi vakillari Keljonkanjas o‘rta maktabi faoliyati bilan tanishdilar

January 23 , 2023

|

1446

XNU hamkorligida Finlyandiya ta’lim tizimi bo‘yicha tajriba almashildi.

Maktab direktorlari Tarja Seppälä-Pänkäläinen (5-7-sinflar) va Marja Hänninen-Helin (8-9-sinflar) bilan suhbatda bo‘lib, Fin ta’lim tajribalarini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldilar.

📌 Finlyandiyadagi ko‘plab maktablar singari ushbu maktabda ham o‘quvchilar oyoq kiyimlarini yechib kiradilar. Ya'ni, sinf xonasini o‘z uyidek his qilishadi va ozoda saqlashadi.

📌 Maktabda robototexnika darslari samarali tashkil etiladi. Darslarda Android va Windows tizimidagi qurilmalar uchun yaratilgan Spike Lego dasturidan foydalaniladi.

📌 Maxsus ehtiyojli bolalar uchun yordamchi o‘qituvchi faoliyat yuritadi, bu o‘quvchilarga kichik guruhda individual mashg‘ulot olish imkonini beradi.

📌 Fin maktablarida uyga vazifa faqat o‘tilgan darsni takrorlash uchungina beriladi, va buning uchun baho qo‘yilmaydi.