O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz poydevori” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv ishtirokchilari:
- Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov,
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A. Ubbiyev,
- “Yangi asr universiteti” nodavlat ta’lim muassasasi rektori Q. Zahidov,
- Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi direktori Q. Sobirov.
Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi M. Komilov va Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
📌 Memorandum asosida:
✅ Ilm-fanni rivojlantirish,
✅ Fundamental, innovatsion va amaliy loyihalarni amalga oshirish,
✅ Korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.




