Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi muhokama qilinmoqda

Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi muhokama qilinmoqda

April 11 , 2023

|

1551

Prezident raisligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

📌 Ayni paytda Prezident rahbarligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilinayotgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Yig‘ilishda qayd etilganidek, yoshlar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda:

🟢 130 ming nafar talaba-yoshga 1,7 trillion so‘m ta’lim krediti ajratildi, xotin-qizlarning magistraturada o‘qishi bepul bo‘ldi.

🟢 53 ming nafar ehtiyojmand talabalarning kontrakt to‘lovlari qoplandi.

🟢 81 ming talabaga uy-joy ijara to‘lovi ajratildi, 15,5 ming yoshlarga harbiy xizmat uchun mablag‘ to‘lab berildi.

🟢 13 ming yoshga chet tillari bo‘yicha sertifikat olish xarajatlari qoplandi.

🟢 “Yoshlar daftari” orqali 300 ming nafar yoshga qariyb 600 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

📖 Yig‘ilish davom etmoqda. Yangi qarorlar va rejalar yuzasidan ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.