Fotoko‘rgazma ochilishi va taqdirlash: bojxonachilarga qo‘sh eʼtibor!

Fotoko‘rgazma ochilishi va taqdirlash: bojxonachilarga qo‘sh eʼtibor!

June 25 , 2025

|

1559

Toshkent fotosuratlar uyida "Biri Quyosh, biri Oy" nomli fotoko‘rgazma ochildi. Shu bilan birga, Nordik universitetida bojxona organlari matbuot xizmatlari uchun o‘tkazilgan ikki kunlik o‘quv seminar ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, "Toshkent-AERO" bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi va Bojxona instituti axborot xizmatlarining 25 nafar xodimi ishtirok etib, malaka oshirish Sertifikatiga ega bo‘ldilar. 


27-iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir bilim va qadriyat uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.


Fotoko‘rgazmada bojxona xodimlarining mehribon ota-onalari tasvirlangan 100 dan ortiq suratlar tomoshabinlarni chuqur hayajonga soldi. Zuhra Ashurovaning ota-onani ulug‘lashga bag‘ishlangan ta’sirli monologlari esa tadbirga iliq ruh baxsh etdi.

photo-2025-06-25-16-53-46
Ko‘rib chiqish
photo-2025-06-25-16-53-43
Ko‘rib chiqish
photo-2025-06-25-16-53-42
Ko‘rib chiqish
photo-2025-06-25-16-53-45
Ko‘rib chiqish
photo-2025-06-25-16-53-45-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-06-25-16-53-44
Ko‘rib chiqish