O‘zbekiston-Finlandiya hamkorligi: muhim tarmoq rivoji - e'tiborda

O‘zbekiston-Finlandiya hamkorligi: muhim tarmoq rivoji - e'tiborda

November 03 , 2022

|

1587

Universitetimizda Finlandiyaning "Metso Outotec" kompaniyasi Prezidenti, tog‘-kon sanoati bo‘yicha katta tajribaga ega Markku Terasvasara bilan muzokara o‘tkazildi.

Uchrashuvda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri - tog‘-kon sanoatini hamkorlikda rivojlantirish, investitsiya kiritish va yangi texnologiyalarni joriy etish borasida fikr almashildi. Tarmoq uchun zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari yetkazib berish va turli yechimlar xususida hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.