Talabamiz "Top-1" xotira egasi

Talabamiz "Top-1" xotira egasi

May 03 , 2023

|

1525

Xalqaro Nordik universiteti talabasi Mansur Jumabayev mnemonika bo‘yicha eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xalqaro Nordik universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Mansur Jumabayev "Genius X" xotirani rivojlantirish markazining mnemonika darslarini chuqur o‘rganib, eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

5 bosqichli imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, 200 nafar tinglovchi orasida birinchilikka erishdi. Endilikda xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.