Professor-o‘qituvchimiz "Kelajak liderlari"ga mahorat darsi o‘tkazdi

Professor-o‘qituvchimiz "Kelajak liderlari"ga mahorat darsi o‘tkazdi

November 10 , 2022

|

1502

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "Kelajak liderlari" maxsus malaka oshirish dasturi doirasida davlat boshqaruviga daxldor yo‘nalishlarda turli lavozimlarda faoliyat olib borayotgan eng sara mutaxassislarga trening o‘tkazilmoqda.

Ilmiy Innovatsion tadqiqotlar departamenti boshlig‘i Qobiljon Isayev "Kelajak liderlari"ning malakasini oshirishga hissa qo‘shmoqda. Bugungi trening "Yangi O‘zbekistonning zamonaviy liderlari" mavzusiga bag‘ishlandi. Tinglovchilarga global o‘zgarishlar sharoitida yetakchilarga qo‘yilayotgan talablar yetkazildi, liderlik sari aniq maqsadli qadamlar belgilab berildi.