Oliy ta'limga oid eng yangi metodik qo‘llanmalar - XNUda!

Oliy ta'limga oid eng yangi metodik qo‘llanmalar - XNUda!

March 13 , 2023

|

1486

XNUga Oliy ta’lim rivojlantirish markazi tomonidan yangi metodik qo‘llanmalar to‘plami tuhfa etildi.

🎓 Xalqaro Nordik Universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan yangi ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar tuhfa etildi.

📖 Asosiy ta’lim manbalari:

📌 "O‘zbekistonda oliy ta'lim: 100 savolga 100 javob" metodik qo‘llanmasi – ta’lim shakllari va kadrlar tayyorlashga oid barcha dolzarb savollarga javob beruvchi muhim manba.

📌 Oliy ta’lim muassasalari uchun metodik qo‘llanmalar to‘plami – universitet faoliyatini takomillashtirish, ustozlar va talabalar uchun zarur ilmiy tavsiyalar, hamda mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

🎯 Mazkur metodik qo‘llanmalar oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi!