Universitetimizga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjon Murtazayev tashrif buyurdi. U XNU ish tajribasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Germaniya va boshqa xorijiy davlatlarning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu universitet bilan iqtisodiyotning turli sohalari uchun yetuk kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikka kelishildi.




