Odoo — 7 mln+ foydalanuvchiga ega, dunyoda keng qo‘llaniladigan ERP platformasi. Ishlab chiqarishdan moliya va ta’limgacha bo‘lgan jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini beradi.
Uchrashuvda:
➖ Talabalar uchun amaliy workshop va seminar-treninglar tashkil etish
➖ ERP tizimlarida ishlash bo‘yicha tajriba va ish berish
➖ Bo‘lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirish.
Mazkur hamkorlik raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadamdir.




